"Chelsi" futbolchisi "Barselona" bilan kelishuvga erishdi
"Chelsi" himoyachisi Sesar Aspilikueta "Barselona"ga o‘tishi kutilmoqda. Bu haqda jurnalist Jerar Romero xabar berdi.
Manbanning ma’lum qilishicha, "ko‘k-anor ranglilar" iyun oyida ispaniyalik futbolchini erkin agent sifatida o‘z safiga qo‘shib oladi. Bu borada klub uning o‘zi bilan kelishuvga ega. Qayd etilishicha, bir nechta shahsiy muammolar bitimga xalaqit berishi mumkin.
Qayd etish joiz, 32 yoshli fulbek ushbu mavsum "aristokratlar" safida jami 20 ta o‘yin o‘tkazib, 3 ta assistni o‘z hisobiga yozdirib qo‘ydi.

Fikrlar