“Chelsi” futbolchisi Pochettinodan norozi

  • 10.12.2023 23:30
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

“Chelsi” hujumkor futbolchisi Noni Madueke o‘ziga etarli darajada o‘yin amaliyoti berilmaganidan norozi ekanini bildirdi.

Bosh murabbiy Maurisio Pochettino 21 yoshli futbolchining xizmatiga ehtiyoj sezayotgani yo‘q. Jamoaga Koul Palmer, Nikolas Jekson va Kristofer Nkunku olib kelinganidan keyin Madueke asosiy tarkibdagi joyini yo‘qotdi.

Noni joriy mavsumda Premer-ligada jami olti marotaba maydonga tushib, jami 120 daqiqa o‘ynadi xolos.

Angliyalik futbolchi Niderlandiyaning PSV klubi tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. “Aristokratlar” uni 2023 yilning boshida 35 million evroga transfer qilgan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!