
"Chelsi" futbolchisi Turkiya chempionatiga yo‘l oldi
"Chelsi" rahbariyati yarim himoyachi Deniel Drinkuoterdan tezroq qutulmoqchi.
Daily Mail nashri tarqatgan xabarga ko‘ra, 30 yoshli angliyalik futbolchi Turkiyaning “Kasimpasha” klubiga ijaraga berib yuborilishi mumkin. U allaqachon yangi jamoasida tibbiy ko‘rikdan o‘tish uchun Turkiyaga etib borgan.
Drinkuoter so‘nggi bor 2020 yilda maydonga tushgan edi. Uning “Chelsi” bilan amaldagi shartnomasi 2022 yilning yoziga qadar imzolangan.
Fikrlar