
"Chelsi" futbolchisiga PSJ, "Siti", "Yuve" kabi jamoalar xaridor
"Chelsi" himoyachisi Antonio Ryudiger mavsum so‘ngida boshqa jamoa tarkibiga borib qo‘shilishi mumkin.
Insayder Janluka di Martsioning xabar berishicha, germaniyalik futbolchi Evropaning 4 grand klubi bilan muzokara olib bormoqda. "Ryudiger" "Yuventus", "Manchester Siti", "Tottenxem" va hatto, PSJ bilan muzokaraga kirishgan. Ular himoyachi xizmatiga muhtoj.
Antonio "Chelsi" bilan yangi shartnoma imzolashiga ishonish qiyin. U yuqoridagi 4 klubdan biriga o‘tadi",-dedi italiyalik insayder. Avvalroq, "Real" ham uni o‘z safiga qo‘shib olishni istayotgani haqida xabarlar tarqalgandi.
28 yoshli himoyachining "aristokratlar" bilan amaldagi shartnomasi 2022 yilning yozida yakuniga etadi. Uning transfer narxi 35 million evroga baholanmoqda.
Fikrlar