"Chelsi" futbolchisining "ishtahasi karnay"
"Chelsi" himoyachisi Antonio Ryudiger klub bilan shartnomasini yangilash borasida muzokaralarni davom ettirmoqda.
Dastlab, londonliklar 28 yoshli nemis futbolchi uchun haftasiga 135 ming funt sterling taklif qildi, bu esa futbolchini xafa qilgan. Mazkur holatda u "aristokratlar" safida eng ko‘p maosh oladigan 10 nafar futbolchidan keyingi pog‘onada bo‘ladi.
"Marca" nashrining xabar berishigcha, Antonio London klubidan yangi shartnomaga ko‘ra, 46 million funt sterlingdan ko‘proq pul talab qilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, germaniyalik futbolchiga "Yuventus", PSJ va "Bavariya" kabi jamoalar qiziqish bildirmoqda.



Fikrlar