“Chelsi” haydagan murabbiy “Barsa” yoki “Real”ni boshqarmoqchi

  • 22 yanvar, 2023, 19:01
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Germaniyalik mutaxassis Tomas Tuxel “Chelsi”dan bo‘shatilganidan beri ishsiz yuribdi. Tajribali murabbiyga bir necha klublardan taklif bo‘ldi, biroq Tuxel jiddiy klublarda ishlamoqchi.

Tecno

Taniqli jurnalist Florian Plettenbergning ma’lum qilishicha, Tomas Tuxel Ispaniya chempionati grandlari – “Barselona” yoki “Real”ni boshqarishni mo‘ljallayapti.

Ana shu maqsadda Tuxel “Tottenxem”dan bo‘lgan taklifni qabul qilmadi. Shuningdek, germaniyalik murabbiy kelajakda “Yuventus” bilan ham ishlab ko‘rishga qarshi emas.

Tomas Tuxelning oldida Angliya terma jamoasida bosh murabbiylik qilish varianti ham paydo bo‘lgandi. Lekin angliklar asosiy jamoa boshqaruvida Garet Sautgeytni qoldirishga qaror qilishdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!