"Chelsi" himoyachisi bilan shartnomani uzaytirmoqchi
"Chelsi" o‘tgan mavsumni "Brayton"da o‘tkazgan Levi Koluill bilan uzoq yillik shartnoma imzoalashga harakat qilmoqda. Bu haqda "The Guardian" nashri xabar berdi. Ayni damda futbolchining agenti bilan muzokaralar bo‘lib o‘tyapti.
Uni avvalroq "Brayton" sotib olishga harakat qilib ko‘rdi. Ammo "aristokratlar" ikki marta klubga rad javobini berdi. Pochettino himoyachini tarkibda qolishini xohladi.
Ma’lumot uchun, Koluill o‘tgan mavsum "chaykalar" tarkibida 24 ta o‘yinda maydonga tushib, 3 ta golda ishtirok etdi.

Fikrlar