"Chelsi" hujumchisi Londonning boshqa jamoasiga o‘tadi

  • 22 iyul, 2021, 20:22
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Chelsi" hujumchisi Temmi Abraxam Londonning boshqa bir jamoasiga ko‘chib o‘tishi mumkin, deya yozmoqda "The Sun" nashri. 

Tecno

Manbaning ma’lum qilishicha, "Arsenal" futbolchini ijaraga olmoqchi. Futbolchi va "kanonirlar" shaxsiy shartnoma borasida kelishib olgan. "Chelsi" ham forvardni qo‘yib yuborishga qarshi emas. 

Avvalroq, Temmi xizmatiga "Vest Xem" va "Tottenxem" klublari ham qiziqiyotgani to‘g‘risida xabarlar tarqalgandi, biroq "arristokratlar" futbolchini "Arsenal"ga bermoqchi. 

2020/21 yilgi mavsumda Abraxam 22ta o‘yinda maydonga tushib, 6ta gol urgan hamda 2ta golga assistentlik qilgan. Uning londonliklar bilan amaldagi shartnomasi 2023 yilning yoziga qadar mo‘ljallangan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!