"Chelsi" "Inter" etakchisini o‘z safiga qo‘shib olmoqchi edi, ammo...
Londonning “Chelsi” klubi rahbariyati jamoaning markaziy chizig‘ini italiyalik yarim himoyachi bilan kuchaytirmoqchi edi, bu haqda insayder Nikolo Skira o‘zining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalari orqali xabar berdi. Gap Milanning “Inter” klubi yarim himoyachisi Nikolo Barella haqida ketmoqda.
Manbaning yozishicha, “neradzurrilar” futbolchini Angliya top-klubiga qo‘yib yuborishdan bosh tortgan. "Inter" Barellani daxlsiz futbolchi deb biladi.
Ma’lumot uchun, Nikolo "Milan"da 2020 yildan beri to‘p surib kelmoqda. Yarim himoyachi joriy mavsum 25 ta o‘yinda maydonga tushib, 6 ta gol va 5 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.
Barellaning "Inter" bilan amaldagi shartnomasi 2026 yilning yoziga qadar mo‘ljallangan. Uning transfer narxi esa 70 million evroga baholanmoqda.

Fikrlar