“Chelsi”, intizomsiz oʻyinching bizga kerak emas, olib ket!
Londonning “Chelsi” klubi hujumkor yarim himoyachisi Kendri Paes ijara asosida “River Pleyt” safida o‘ynayotgan bo‘lsa-da, muddatidan avval Londonga qaytishi mumkin.
Jurnalist Renso Pantich ma’lumotiga ko‘ra, Argentina klubi ijara shartnomasini bekor qilish masalasini jiddiy ko‘rib chiqmoqda, chunki jamoa murabbiyini yosh ekvadorlik o‘yinchining xatti-harakati umuman qoniqtirmayapti.
Murabbiyning fikricha, 19 yoshli futbolchi mashg‘ulotlarda yetarlicha mehnat qilmayapti. Shuningdek, intizom buzilishi bo‘yicha ham e’tirozlar mavjud.
“River Pleyt” Kendri Paesni joriy yil yanvar oyida “Chelsi”dan ijaraga olgan edi. Bitim kelasi yilning yozigacha amal qilishi belgilangan.
Avvalroq futbolchi Fransiyaning “Strasburg” klubida ham o‘zini sinab ko‘rgan, ammo kutilgan taassurotni qoldirmaganidan keyin Argentinalga yuborilgan edi.

Fikrlar