“Chelsi” ishongan “tog‘i”dan ayrildi

  • 27 sentabr, 2021, 18:02
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Britaniyaning mashhur The Mirror nashri jurnalistlari “Chelsi”ning etakchi himoyachisi Ris Jeyms qancha muddatga safdan chiqqanini aniqladi.

Tecno

Iste’dodli futbolchi “Manchester Siti”ga boy berilgan uchrashuvda jarohat olgan edi. “Aristokratlar” bosh murabbiyi Tomas Tuxel himoyaning asosiy vakili qancha muddatga safdan chiqqanini ochiqlashni istamadi.

Jurnalistlar masalaga oydinlik kiritish uchun professional shifokorlarga murojaat qildi. Sport shifokorlari bu turdagi jarohatlarni davolash uchun kamida bir oy vaqt kerakligini bildirgan.

O‘ng qanot himoyachisi bo‘lgan Ris Jeyms stadionni oyog‘i bandaj bilan bog‘langan holatda tark etdi. Bu kamida payi cho‘zilganidan dalolat beradi. Agar jiddiyroq boshqa shikast bo‘lmasa, shuning o‘zida tiklanish 4-5 haftani tashkil qiladi.

Muammo shundaki, “Chelsi”da Jeymsdan boshqa o‘ng qanot himoyachisi yo‘q. Tomas Tuxel bu pozitsiyada Sezar Aspilikueta yoki Kallum Xalson-Odoini o‘ynatishim mumkin. Biroq, Sezarning yoshi o‘tib qolgani uchun tezligi pas va qanot bo‘ylab harakat qila olmaydi. Kallum esa hujumkor futbolchilar toifasiga kiradi va himoyalanishni bilmaydi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!