
"Chelsi" italiyalik mutaxassis bilan kelishib oldi
Oldinroq Maurisio Pochettinoni iste’foga chiqargan "Chelsi"ning keyingi bosh murabbiyi deyarli aniq bo‘ldi.
Insayder Fabritsio Romano xabar berishicha, "aristokratlar" "Lester" ustozi Entso Mareska bilan kelishib oldi. Tomonlar shartnoma muddatini muhokama qilishmoqda. Undan keyin londonliklar "tulkilar" bilan muzokaralarga kirishishi kerak bo‘ladi. Sababi, italiyalik mutaxassisning klubi bilan tuzgan bitimi 2026 yilgacha amal qiladi.
Eslatib o‘tamiz, Mareska bundan oldin "Manchester Siti"da Xosep Gvardiolaga yordamchi murabbiy bo‘lgan. O‘tgan yili "Lester"da ish boshlab, jamoani Chempionship g‘olibiga aylantirdi.
Fikrlar