“Chelsi” Jo Xartni o‘z safiga qo‘shib olmoqchi
Londonning "Chelsi" jamoasi "Manchester Siti" darvozaboni Jo Xartga qiziqish bildirmoqda. Ayni vaqtda angliyalik posbon “Torino” klubida ijara asosida to‘p surmoqda.
Agar Tibo Kurtua "Chelsi"dan ketadigan bo‘lsa, uning o‘rniga Jo Xart taklif etiladi. Kurtua yozda "Real"ga o‘tishi kutilmoqda.
Jo Xart joriy mavsum "Torino" safida 16 o‘yinda maydonga tushdi va 23 ta gol o‘tkazib yubordi.



Fikrlar