"Chelsi" Lempard va Ballaklarga ish taklif qilmoqda

  • 9 dekabr, 2017, 11:30
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Londonning “Chelsi” klubi ijrochi direktori Marina Granovskaya jamoaning sobiq futbolchilari Frenk Lempard va Mixael Ballaklar bilan uchrashdi hamda ularga klub elchisi lavozimida ish taklif qildi.  Bu haqda Daily Mail nashri xabar tarqatmoqda.

Tecno

Aytish lozimki, Ballak hamda Lempard telekanallar bilan ishlashmoqda, bu esa ularga klub tizimida ishlashlariga imkon bermasligi mumkin. Biroq, “Chelsi” rahbariyati ular bilan kelajakda hamkorlik qilishga umid qilmoqda.

Ma’lumot uchun, Lempard “Chelsi” safida 13 yil to‘p surgan bo‘lsa, Ballak “aristokratlar” sharafini 4 mavsum himoya qilgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!