"Chelsi" "Lester"ga imkoniyat qoldirmadi

  • 20 noyabr, 2021, 19:21
  • Karim Xudayqulov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

APL 12-turidan o‘rin olgan "Lester" - "Chelsi" uchrashuvi yakuniga etdi. Mazkur bahsda maydon egalari raqibga 0:3 hisobida imkoniyatni boy berdi. 

O‘yinning 14-daqiqasida Ryudiger hisobni ochgan bo‘lsa, 28-daqiqada Kante oradagi farqni ikkitaga etkazib qo‘ydi. Zaxiradan maydonga tushgan Pulishich 71-daqiqada hisobni yirik ko‘rinishga keltirib qo‘ydi. 

Ushbu g‘alabadan so‘ng London klubi ochkolari sonini 29 taga etkazib olgan holda, peshqadamlikni davom ettirmoqda. 15 ochkoga ega "to‘lkilar" ayni damda 12-pog‘onani band etgan

Tecno

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!