“Chelsi” Lukaku va Barklini olmoqda

CHERY AUTO

 

Tecno

Angliya premer-ligasida g‘olib chiqishi deryali aniq bo‘lgan “Chelsi” kelasi mavsumda yanada qudratli tarkibga ega bo‘lish ilinjida superfutbolchilarni tarkibga jalb qilmoqda.

London klubi rahbariyati “Everton”ning ikki etakchisi – to‘purar Romelu Lukaku va yarim himoyachi Ross Barkli uchun 100 million funt taklif qilmoqda.

Mutaxassislar Lukakuning transferini 65 million, Barklining narxini 30 million funtga baholagan.

“Chelsi” bu futbolchilarni yanvarda Xitoyga ketgan Oskarning transferidan tushgan mablag‘ evaziga qo‘lga kiritmoqchi. Shuningdek, Diego Kosta ham Xitoyga ketishga yaqin turibdi va uning transferidan keladigan pullar ham asosan yangi futbolchilarni olishga sarflanadi.

SPORTS.uz

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!