“Chelsi” muxlislari uni kechirmaydi

  • 29 oktabr, 2021, 14:02
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Chelsi”ning etakchi himoyachisi Antonio Ryudiger ashaddiy raqib – “Manchester Siti” safiga o‘tib ketishi mumkin. “Shaharliklar” germaniyalik himoyachi bilan dastlabki muzokaralarni boshlagani aytilmoqda. Bu xabar "Chelsi" muxlislariga yoqmayapti. 

Tecno

Shunga qaramay, Ryudiger yanvar oyida rasman muzokaralarga kirishishga tayyor. 

“Chelsi” hali Ryudigerni yangi shartnomaga ko‘nlirgani yo‘q. Tajribali futbolchi klub uning talabini qondirib, haftasiga 200 ming funt maosh berishga rozi bo‘lishini kutmoqda. Klub xo‘jayinlari esa, kimgadir boshqalardan keskin darajada ko‘p pul to‘lash, jamoa ichki muhitini buzadi, degan qarashga ega.

“Manchester Siti” rahbariyati esa Ryudiger ularning safiga qo‘shilsa, talab qilinayotgan maoshni to‘lashga tayyor.

Antonio Ryudiger jamoa tanlashda shoshilmoqchi emas. Unga Xosep Gvardioladan tashqari “Bavariya”, “Real”, “Barselona”, PSJ, “Nyukasl” kabi klublar ham ish berishga tayyor.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!