“Chelsi”: Narsalaringni yig‘ishtir, ketasan!

  • 8 oktabr, 2023, 13:20
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
TIGGO 2 PRO

“Chelsi” mutasaddilari klub akademiyasida tarbiyalangan Trevo Chalobaga jamoadan o‘zi istagan joyga ketishi mumkinligini aytgani haqida ma’lumotlar tarqatilmoqda.

24 yoshli futbolchi klubni qishki transferlar vaqtida tark etishi kutilyapti.

Trevoning o‘zi jamoada qolmoqchi. U hali ham bosh murabbiy Maurisio Pochettinoning ishonchini qozonishga umid qilyapti.

Argentinalik mutaxassis esa, bu himoyachining xizmatiga ehtiyoj sezayotgani yo‘q va bu mavsum Chaloba biror marta ham imkon bermadi.

Trevoning transferi 18 million evroga baholanmoqda. Unga Angliya va Evropaning boshqa mamlakatlari klublaridan taklif bo‘lishi kutilyapti.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!