“Chelsi” nega Ronaldudan yuz o‘girgani oshkor bo‘ldi

  • 29 avgust, 2022, 09:02
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Chelsi” rahbariyati “Manchester Yunayted” hujumchisi Krishtianu Ronalduni olishga jiddiy qiziqish bildirgan edi. Keyinchalik “aristokratlar” bu variantdan yuz o‘girdi.

Tecno

Daily Mail nashrining ma’lum qilishicha, londonliklarning fikridan qaytishiga o‘tgan mavsumda “Yunayted”ni boshqargan germaniyalik mutaxassis Ralf Rangnik ta’sir o‘tkazgan.

Garchi “Chelsi”ning yangi xo‘jayini Todd Byoli klub mutasaddilaridan 37 yoshli hujumchini olib kelishni talab qilgan bo‘lsa-da, Rangnik bilan maslahatlashgan bosh murabbiyi Tomas Tuxel bu transferga qarshi chiqqan.

Rangnik manchesterliklarni boshqargan pallada Ronalduning harakatlarini tanqid qilgan holatlar ham uchragan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!