
"Chelsi" Pochettinoga o‘rinbosar topib qo‘ydi
"Chelsi" bosh murabbiy Maurisio Pochettinoga o‘rinbosar qidirmoqda. Bu haqda "Daily Mail" nashri xabar bermoqda.
Manbaning xabariga ko‘ra, "ko‘klar" murabbiyni mavsum so‘nggiga qadar iste’foga chiqarish haqida o‘ylamayapti. Argentinalik mutaxassisning taqdiri APLdagi o‘rni va Angliya kubogidagi natijasiga bog‘liq.
London klubi rahbariyati "Sporting" murabbiyi Ruben Amorimning xizmatiga qiziqish bildirmoqda. Ammo yozda ushbu murabbiy uchun EChL yo‘llanmasiga ega chiqqan jamoalar orasida jiddiy ko‘rash kechishi kutilmoqda.
Fikrlar