
"Chelsi" prezidentining ishtahasi karnay. U Portugaliya klubini sotib olmoqchi
“Chelsi” ho‘jayinlari Portugaliyaning “Portimonense” klubini sotib olish bo‘yicha muzokaralar o‘tkazmoqda. Todd Boeli "Manchester Siti" rahbariyati kabi klubli imperiya qurish istagida.
Ular bu borada agent Jorje Mendesh bilan maslahatlashdi va Portugaliya chempionatida 4-o‘rinda borayotgan klubni tanlashdi.
Bundan tashqari amerikalik investor Frantsiyaning “Sosho” va Braziliyaning “Santos” klublarini sotib olmoqchi bo‘lgan. Ammo ushbu klublar ushbu taklifni rad etgan.
Fikrlar