
“Chelsi” PSJ yulduzini oladi
PSJ himoyachisi Ashraf Hakimi yaqinda jamoadagi janubiy amerikaliklar u bilan muloqot qilmayotgani haqida gapirgan va aynan mana shu sabab tufayli Parijni tark etishga tayyorligini bildirgandi.
Shundan so‘ng, marokashlik futbolchining xoridori ko‘payib ketdi. Ulardan biri “Chelsi” hisoblanadi.
Aslida “aristokratlar” anchadan beri Ashrafni o‘z safiga qo‘shib olmoqchi bo‘lib yurgandi. O‘tgan yozda “Inter” safida chempionlikni nishonlagan himoyachi “Chelsi” taklifiga qaramay, PSJga o‘tib ketgandi.
Tomas Tuxel uni o‘z jamoasiga olib kelib, Ris Jeymchga raqobatchi qilmoqchi. Hakimini qo‘lga kiritish uchun londonliklar 60 million evro to‘lashiga to‘g‘ri keladi.
Hakimi joriy mavsumda barcha turnirlarda 32 marotaba maydonga tushib, uchta gol va to‘rtta assist muallifi bo‘ldi.
Fikrlar