"Chelsi" PSJning asosiy futbolchisini nishonga oldi!

  • 12 iyul, 23:07
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Londonning "Chelsi" klubi PSJ darvozaboni Janluiji Donnarummaga qiziqish bildirmoqda. Frantsuz klubi italiyalik posbon bilan shartnomani 2026 yilgacha uzaytirish bo‘yicha bir necha oydan buyon muzokaralar olib bormoqda.

Tecno

'L’Equipe" nashrining xabariga ko‘ra, Donnarummaga Evropa grandi klublaridan bir nechtasi — jumladan, "Chelsi" tomonidan ham jiddiy qiziqish bor. Ammo yakuniy qaror Klublar o‘rtasidagi Jahon chempionatidan so‘ng qabul qilinishi kutilyapti.

Ba’zi bir nashrlarning ma’lumotlariga ko‘ra, Madridning "Real" klubi ham 26 yoshli posbon atrofidagi vaziyatni o‘rganmoqda.

Ayni paytda Donnarumma Parijda qolishni xohlamoqda, ammo bu borada u hamma shartlarga rozi bo‘lish niyatida emas.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!