
"Chelsi" rahbariyati bir qarorga keldi. Lempard jamoaning yangi bosh murabbiyi bo‘ladi
Londonning "Chelsi" klubi rahbariyati tez orada “Yuventus” boshqaruviga tayinlanadigan Mauritsio Sarri o‘rniga jamoani qaysi mutaxassis boshqarishi bo‘yicha yakuniy qarorga keldi.
Unga ko‘ra “aristokratlar”ning yangi bosh murabbiyi Frenk Lempard bo‘ladi. Ta’kidlash kerakki, 40 yoshli mutaxassis o‘tgan mavsum Chempionshipda "Derbi Kaunti"ga ustozlik qilgan va yakunda xatto APL yo‘llanmasi uchun pley-offda ishtirok etdi.
Eslatib o‘tamiz, Lempard “Chelsi” afsonalaridan biri hisoblanadi. U 2001-2004 yillarda londonliklar sharafini himoya qilgan.
Fikrlar