"Chelsi" "Real"ga o‘tmoqchi bo‘lgan futbolchini nishonga oldi

  • 26 mart, 18:11
  • Jahongir Inomjonov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Londonning "Chelsi" klubi "Bornmut"ning markaziy himoyachisi Din Xyoysenni o‘z safiga qo‘shib olmoqchi. Bu haqda "Mail Sport" nashri xabar berdi.

Manba ma’lumotlariga ko‘ra, "Chelsi" 19 yoshli iste’dodli futbolchini ingliz klubidan olish uchun "Real"dan ko‘proq pul to‘lashga tayyor. Biroq, avvalroq Xyoysenning o‘zi "Real"ga o‘tishni istayotganini aytgan edi.

Avvalroq, futbolchiga "Real Madrid"ning qiziqish bildirgani haqida xabarlar tarqalgan edi.

Ma’lumot uchun, joriy mavsumda Xyoysen barcha musobaqalarda 27 ta o‘yinda maydonga tushib, 2 ta gol urdi. Ta’kidlash joizki, joriy mavsum boshidan buyon himoyachining Transfermarkt portalidagi bozor qiymati 10 million evrodan 42 million evrogacha oshgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!