"Chelsi" sardorida virus aniqlangan. Seshanba kuni "aristokratlar" "Real" bilan o‘yin o‘tkazadi

  • 10 aprel, 2022, 15:57
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Chelsi" futbolchisi Sesar Aspilikueta "Sautgempton"ga qarshi o‘yinni koronavirusga chalingani sabab o‘tkazib yuborgan. Bu haqda klub bosh murabbiyi Tomas Tuxel xabar berdi.

Tecno

"Kecha Aspining kovid uchun topshirgan testi ijobiy chiqqan. Uning qachon qaytishi haqida aniq ma’lumotga ega emasman.

Biz uchun uning tuzalishi muhim. Men uning tezroq safga qaytishiga umid qilaman. Shundan boshqa choram yo‘q", - dedi germaniyalik mutaxassis.

Eslatib o‘tamiz, 12-dan 13 aprelga o‘tar kechasi 00:00da "Chelsi" chempionlar ligasi chorak final doirasida "Real" Madridga qarshi o‘yin o‘tkazadi. Ilk uchrashuvda londonliklar 1:3 hisobida mag‘lubiyatga uchragandi.  

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!