"Chelsi" so‘nggi daqiqalarda urilgan gol evaziga g‘alaba qozondi, "Arsenal" esa raqibga imkoniyat qoldirmadi

  • 11.12.2021 22:05
  • Karim Xudayqulov
  • 0
  • Futbol

APL 16-turidan o‘rin olgan bir qator uchrashuvlar yakuniga etdi. 

O‘z maydonida "Lids"ni qabul qilgan "Chelsi" 3:2 hisobida qiyinchilik bilan g‘alaba qozondi. 

"Aristokratlar" tarkibida Jorjino ikki marotaba penaltidan gol urdi. Shuningdek, Maunt ham o‘z hisobiga gol yozdirib qo‘ydi. 



Arteta boshchiligidagi "Arsenal" bu turda "Sautgempton" bilan bahs olib bordi. Mazkur o‘yinda "kanonirlar" yirik 3:0 hisobida zafar quchdi. Lyakazett Edegor va Gabriel ushbu o‘yinda gol urishga muvaffaq bo‘ldi. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!