
“Chelsi” “Tottenxem” yo‘lini to‘sib qo‘ydi
“Sevilya” markaziy himoyachisi Jyul Kundening “Tottenxem”ga transferi o‘xshamadi. Tomonlar muzokara olib borayotgan jarayonda “Chelsi” ham frantsiyalik himoyachiga taklif yubordi.
Tabiiyki, Jyul Kunde Chempionlar ligasining yangi mavsumiga yo‘llanma ola bilmagan “Tottenxem” bilan munosabatlarni to‘xtatib, bor e’tiborini Evropaning eng nufuzli musobaqasi g‘olibiga qaratdi.
“Sevilya” etakchi futbolchisining transferini 50 million evroga baholamoqda. Bu futbolchiga “Chelsi”dan tashqari “Manchester Yunayted”, “Real” va “Barselona”dan qiziqish bo‘layotgani haqida ham xabarlar kelmoqda.
Fikrlar