
"Chelsi" va "Inter" o‘rtasidagi muzokara yakuniy bosqichga chiqdi
"Chelsi" forvardi Olive Jiru "Inter"ga o‘tishga yaqin turibdi. Bu haqida La Gazzetta dello Sport nashri xabar bermoqda.
Manba jurnalisti Nikolo Skiri xabariga ko‘ra, tomonlar o‘rtasidagi muzokara yakuniy bosqchichida va tez orada transfer amalga oshirilishi mumkin.
Ayni damda tomonlar futbolchining transfer summasini muhokama qilishmoqda. "Inter" forvard uchun 5 million taklif qilayotgan bo‘lsa, London klubi esa 7 million evro talab qilmoqda.
Frantsuzning o‘zi esa "neradzurrilar" bilan shaxsiy shartnoma bo‘yicha kelishuvga erishgan. U "Inter" bilan 2022-yilgacha shartnoma imzolashi kutilmoqda.
Fikrlar