"Chelsi" Xaverts borasida "Real" bilan muzokaralar o‘tkazishga tayyor
"Chelsi" futbolchisi Kay Xaverts yozda Madridning "Real" klubiga ko‘chib o‘tishi mumkin. "Qaymoqranglilar" Bellingem transferini amalga oshirib bo‘lgach, germaniyalik yarim himoyachini o‘z tarkibiga qo‘shib olishga harakat qiladi.
Fabritsio Romanoning so‘zlariga ko‘ra, "aristokratlar" Xavertsni qo‘yib yuborishga qarshi emas, lekin ular Kayni juda qimmatga sotmoqchi. Agarda "Real" bunga rozi bo‘lsa, futbolchi faoliyatini Ispaniyada davom ettirish ehtimoli mavjud.
Xaverts "Qirollik klubi"ning yagona transfer maqsadi emas. Jamoa Roberto Firmino va Xoselu kabi hujumchilar bilan shartnoma imzolamoqchi. Shuningdek, Braim Dias ham "Real"ga qaytishi kutilmoqda.
Fikrlar