
"Chelsi" xo‘jayinlari bosh murabbiy masalasida bir qarorga keldi!
«Chelsi» rahbariyati jamoa bosh murabbiyi Grem Potterni hozircha iste’foga chiqarmoqchi emas.
CBS Sports nashrining xabar berishicha, klubning yangi xo‘jayinlari 47 yoshli angliyalik mutaxassisga ishonishda davom etishmoqchi.
Eslatib o‘tamiz, Potter boshchiligida “Chelsi” so‘nggi 11 uchrashuvda faqat bir marta g‘alaba qozongan. Qolaversa, jamoa bu o‘yinlarda atigi 4 ta gol urishga erishgan xolos.
“Aristokratlar” hozirda APL turnir jadvalida 10-o‘rinda bormoqda.
Fikrlar