
"Chelsi" yarim himoyachisi APLning boshqa bir klubiga o‘tishga yaqin
"Chelsi" futbolchisi Itan Ampadu faoliyatini "Lids"da davom ettirishga yaqin turibdi. Bu haqda Fabritsio Romano xabar bermoqda.
"The Athletic" nashrining ta’kidlashicha, "Lids" yarim himoyachi uchun 7 million funt va ayrim qo‘shimcha bonuslar to‘laydi. Unga Italiyadan ham takliflar bor edi. Ammo 22 yoshli futbolchi Premer-ligaga qaytishga qaror qildi.
Ma’lumot uchun, Ampadu o‘tgan mavsumda "Spetsiya"da ijara asosida to‘p surdi. Uning "Chelsi" bilan amaldagi shartnomasi 2024 yilgacha amal qiladi.
Fikrlar