"Chelsi" yarim himoyachisi mavsum so‘ngida jamoadan ketadi

  • 28 yanvar, 2023, 19:05
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Chelsi" yarim himoyachisi Jorjino katta ehtimol bilan mavsum so‘ngida erkin agent sifatida jamoani tark etadi. "Daily Telegraph" nashrining xabar berishicha, italiyalik yarim himoyachi klub bilan 6 oydan keyin yakunlanadigan shartnomasini uzaytirish borasida muzokaralar olib bormayapti.

Avvalroq, 31 yoshli futbolchining "Napoli"ga qaytishi mumkinligi haqida xabarlar tarqalgan edi. Yarim himoyachiga "Barselona" va "Yuventus" kabi klublar ham qiziqish bildirgan.

Eslatib o‘tamiz, italiyalik futbolchi joriy mavsumda APLning 15 ta uchrashuvida maydonga tushib, 2 ta gol urdi va 3 ta sariq kartochka olishga ham ulgurdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!