
“Chelsi” yulduzi ishsiz qolmaydi
O‘tgan mavsum Angliya premer-ligasida porlab, ko‘plab muxlisu mutaxassislar e’tiboriga tushgan Temmi Abraxam “Chelsi”dan ketgan taqdirda ham ishsiz qolmaydigan bo‘ldi.
23 yoshli futbolchi agar jamoaga yozda “Borussiya”dan Erling Xoland olib kelinadigan bo‘lsa, klubni tark etishini ma’lum qilgan.
Abraxamni hozirdan “Vest Xem”, “Lester”, “Sautgempton”, “Brayton” va “Aston Villa” kabi jamoalar o‘z tarkibiga chorlamoqda. Ular hujumchi atrofidagi vaziyatni diqqat bilan kuzatib boryapti.
Shu o‘rinda, Erling Xoland “Chelsi”ni superklublar qatoriga qo‘shmagani uchun Londonga kelishdan bosh tortayotganini ham ta’kidlash joiz.
Fikrlar