“Chelsi” yulduzi “Manchester Yunayted”ga bosh murabbiy tayinlanishini kutmoqda
“Chelsi” bilan shartnomasi yakunlanib borayotgan Antonio Ryudiger tanlov qilishga shoshilmaydigan bo‘ldi. Germaniyalik himoyachi o‘ziga xaridor bo‘layotgan “Manchester Yunayted”ni qaysi murabbiy qabul qilib olishini kutmoqda.
Aslida Ryudiger hozirgi klubi bilan yangi shartnomaning asosiy shartlarini kelishib bo‘lgandi. Biroq, hukumat tomonidan “Chelsi”ga qo‘llanilayotgan sanktsiyalar vaziyatni o‘zgartirib yubordi.
“Manchester Yunayted” yana sovrinlar uchun kurashishi uchun tarkibni sezilarli darajada o‘zgartirishi kutilmoqda. Albatta, bu ishni yangi tayinlanadigan bosh murabbiy amalga oshiradi. Shuning uchun ham Ryudiger manchesterliklarga murabbiy tayinlansa, u bilan rejalarni muhokama qilib olmoqchi.
Antonio joriy mavsumda 43 ta uchrashuvda o‘z hisobiga to‘rtta gol va yana shuncha assist yozdirib qo‘ydi.



Fikrlar