
“Chelsi”da katta tozalash bo‘ladi. Ketadiganlar ko‘p!
Tomas Tuxel “Chelsi” tarkibini optimallashtirmoqchi. Klub jamoaga foyda keltirmayotgan o‘yinchilarning aksariyatidan qutilishiga qaror qilgan. Katta tozalash yanvar oyidan boshlanadi.
“Chelsi” murabbiylar shtabi rahbariyatga ketadigan futbolchilar ro‘yxatini taqdim qildi. Tez orada klubni tark etadiganlar orasida Andreas Kristensen, Ross Barkli, Malang Sarr, Saul Niges, Lyuis Beyker, Charli Musonda bor.
Bu futbolchilardan bir nechtasiga Angliya, Germaniya, Frantsiya va Ispaniya chempionatlaridan xaridorlar chiqmoqda.
Fikrlar