“Chelsi”dagilar “Real”ni bosh og‘rig‘idan qutqarib, katta summa ham beradi

  • 8 aprel, 05:39
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Real” bosh murabbiyi Karlo Anchelotti klubning kelajagi uchun olib kelingan yosh iste’dod egalari – Arda Gyuler va Endrikka etarlicha o‘yin amaliyoti ajratib bera olmayapti. Har ikki o‘yinchi agentlari ularni olib ketishni ro‘kach qilib, “Qirollik klubi”ga muammo tug‘dirib keladi.

Tecno

“Chelsi” Endrikni mo‘may summaga sotib olishga qaror qildi.

DefensaCentral nashri tarqatgan ma’lumotlarga qaraganda, londonliklar braziliyalik hujumkor futbolchi uchun Madrid superklubiga 70 million funt sterling taklif qilishga tayyor.

18 yoshli Endrik joriy mavsumda 29 ta uchrashuvda maydonga tushgan bo‘lsa-da, jami 562 daqiqa harakat qildi. Maydonda kam vaqt o‘tkazganiga qaramay, raqiblar darvozasini etti bor ishg‘ol qilgani uning iste’dodini ko‘rsatib turibdi.

Yosh hujumchining o‘zi mahorat va tajribasini oshirib borish uchun muntazam o‘yin amaliyotiga ega bo‘lishni istayapti va bu uning Madriddan ketishiga sabab bo‘lishi mumkin.  

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!