“Chelsi”dan haydalgan Lempardga superklubdan ish topildi

  • 26 fevral, 2021, 10:05
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Chelsi” bosh murabbiyligini Tomas Tuxelga topshirgan Frenk Lempard Shotlandiya superklubi “Seltik”ni boshqarish imkoniga ega bo‘ldi.

“Keltlar” bosh murabbiy Nil Lenonni iste’foga chiqardi va yangi mutaxassis kelgunicha, jamoani yordamchi murabbiy boshqarib turadigan bo‘ldi.

“Seltik” futbolchilariga ustozlik qilish uchun taklif etiladigan murabbiylar ro‘yxati Frenk Lempard ham bor va uning imkoniyatlari yuqori baholanmoqda. Har qanday vaziyatda ham, yangi murabbiy jamoani mavsum yakunlangach, qabul qilib oladi.

Frenk Lempardga Shotlandiyadan tashqari Angliyaning o‘zidan ham takliflar bor. Xususan, 42 yoshli murabbiyda “Kristal Pelas”ni boshqarish varianti ham bor.  

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!