
"Chelsi"ga qarshi muhim o‘yinda "Real"ning ikki yulduzi ishtirok etmaydi (foto)
Ertaga Evropa Chempionlar ligasi chorak final bosqichidan o‘rin olgan javob uchrashuvlari bo‘lib o‘tadi.
Xususan, "Real" Madridda amaldagi chempion "Chelsi"ni qabul qiladi. Mazkur bellashuv uchun "qirollik klubi"ning kengaytirilgan ro‘yxati e’lon qilindi. Undan 23 nafar futbolchi o‘rin olgan.
Anchelotti qaydnomaga koronavirus sabab Xesus Valexo, jarohat tufayli Isko hamda diskvalifikatsiyaga uchragani uchun Eder Militaoni kirita olmadi. Ma’lumot uchun, "qaymoqranglilar"ning "aristokratlar"ga qarshi bellashuvi 12-dan 13 aprelga o‘tar kechasi 00:00 da boshlanadi.
Fikrlar