“Chelsi”ning Keynga atagan maoshi miqdori ma’lum bo‘ldi

  • 18 iyul, 2021, 12:30
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Chelsi” rahbariyati hamon “Tottenxem” hujumchisi Harri Keynni o‘z safida ko‘rishni istamoqda. Londonliklar to‘purar uchun 100 million funt berishga tayyor.

Tecno

Bundan tashqari, “aristokratlar” Keyn ularni tanlaydigan bo‘lsa, yiliga 17 million funt maosh va’da qilmoqda.

Ko‘pmillionlik takliflarga qaramay, “Tottenxem” rahbariyati 2024 yilning yozigacha amal qiladigan shartnomaga ega futbolchini qo‘yib yuborishga shoshilmayapti. Keynning o‘zi klub uni majburan ushlab qoladigan bo‘lsa, mashg‘ulotlarga qadam bosmasligini ta’kidlamoqda.

Harri Keynga “Chelsi”dan tashqari “Manchester Siti” va “Barselona” ham da’vogarlik qilmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!