“Chelsi”ning uch futbolchisi “Barsa”ni kuchaytiradi

  • 14 noyabr, 2021, 17:07
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Barselona”ni qabul qilib olgan Xavi Ernandes jamoa tarkibini “Chelsi” futbolchilari evaziga kuchaytirmoqchi.

Tecno

Ispaniyalik mutaxassis Kataloniyaga Kristian Pulishich, Kallum Xadson-Odoi va Hakim Zieshni olib kelishni mo‘ljallagan. Bu futbolchilar Tomas Tuxel kelganidan beri “Chelsi”da etarli o‘yin amaliyotiga ega bo‘lmayapti.

Shu boislar har uchala o‘yinchi jamoasini o‘zgartirishga qarshi emas. Mutaxassislarning ta’kidlashicha, “Barselona”da moliyaviy inqiroz davom etayotgani bois, klub xo‘jayinlari Xavi tanlagan futbolchilarni to‘liq transfer qilolmaydi.

Shuning uchun ham kataloniyaliklar “Chelsi” rahbariyati bilan futbolchilar ijarasi bo‘yicha kelishuvga erishmoqchi. “Aristokratlar” esa Evropada eng ko‘p o‘yinchi ijaraga beradigan jamoa hisoblanadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!