"Chelsi"ning yangi futbolchisi klub afsonasining raqamini tanladi (foto)
"Chelsi" o‘z safiga Moyzes Kaysedoni qo‘shib olganidan xabaringiz bor. Bugun klub rasmiy sayti orqali futbolchining yangi raqamini e’lon qildi.
Unga ko‘ra, Moyzes afsonaviy Janfranko Zola harakat qilgan 25-raqam ostida to‘p tepadi. Kaysedoning o‘zi ham sobiq klubi "Brayton"da ham 25-raqam ostida o‘ynardi.
Eslatib o‘tamiz, "Chelsi" uning uchun 115 million funt sterlingdan voz kechdi.




Fikrlar