Chempion bokschimizning Olimpiadada qo‘llagan jang uslubi amerikaliklarni hayratga soldi

  • 31 iyul, 2024, 22:15
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Boks
CHERY AUTO

Boks – O‘zbekiston sport delegatsiyasiga yirik musobaqalarda eng ko‘p medal jamg‘arishga yordam beradigan sport turlaridan biriga aylangan.

Tecno

O‘zbek boks maktabi bugungi kunda dunyoda haqli ravishda eng kuchlilardan biri sifatida e’tirof etilayotgani ham bejiz emas, albatta.

Parij shahri mezbonlik qilayotgan yozgi Olimpiya o‘yinlarida o‘zbekistonlik ishqibozlar erkaklar o‘rtasidagi etti vaznda ishtirok etayotgan charm qo‘lqop ustalaridan ulkan g‘alabalarni kutmoqda.

Birinchilardan bo‘lib ringga ko‘tarilgan Ruslan Abdullaev ilk bahsda meksikalik tajribali bokschi Migel Anxel Martinesni katta ustunlik bilan mag‘lubiyatga uchratdi.

Vazni 63,5 kilogrammgacha bokschilar bahsida qatnashayotgan Ruslanning shiddatli jang uslubini amerikalik mutaxassislar ham alohida tilga olmoqda.

- O‘zbekistonlik Ruslan Abdullaev meksikalik raqibi Mishel Anxel Martinesni mag‘lubiyatga uchratdi – 5:0.

Ruslan 21 yosh ekaniga qaramay, juda intizomli va o‘zini yig‘ib olgan bokschi. U juda sabrli, harakatlari juda barqaror va shiddatli.

Martines o‘zaro jangda bor imkoniyatlarni ishga soldi, lekin raqibini burchakka qisib qo‘yishni uddalay olmadi. Chunki Abdullaev har bir raundni o‘z foydasiga hal qildi va bu barcha hakamlarning hisob-kitob varog‘ida qayd etilgan edi, - dedi AQShning boksga ixtisoslashgan mashhur  badlefthook.com  sayti eksperti Skott Krayst.

Ruslan Abdullaev yosh bo‘lishiga qaramay, havaskorlar boksida juda katta natijalarni qo‘lga kiritib kelmoqda.

Iste’dodli bokschimiz 2021 yili boks bo‘yicha O‘zbekiston chempionatida g‘olib chiqdi va shu yili mamlakatimizning eng yaxshi charm qo‘lqop ustasi sifatida e’tirof etilib, “Rufat Risqiev kubogi” bilan taqdirlandi.

Bu g‘alaba Ruslanga xalqaro  miqyosdagi nufuzli yirik musobaqalarga yo‘l ochdi. 2022 yili Abdullaev Iordaniyaning Amman shahrida o‘tkazilgan Osiyo chempionatijda 63,5 kilogrammgacha vazn toifasida barcha raqiblarini mag‘lub etib, qit’ada tengsizligini isbotladi.

2023 yili Toshkent shahri mezbonlik qilgan jahon chempionatida Ruslan Abdullaev o‘z vaznida dunyo miqyosida ham tengi yo‘qligini ko‘rsata oldi. Poytaxtimiz ringlarida barcha raqiblarini mag‘lub etgan hamyurtimiz jahon chempioni, degan sharafli nomga sazovor bo‘ldi.

Boks va yakkakurash turlari bo‘yicha asosiy ma’lumotlar bazasi hisoblangan boxrec.com portalida Ruslanbek Abdullaev havaskorlar boksida jamoa 48 ta uchrashuvda ringga chiqqani, ulardan 44 tasida g‘alaba qozongani va atigi to‘rt marotaba mag‘lub bo‘lgani qayd etilgan.

Parij Olimpiadasida Ruslan Abdullaevning   chorak finldagi raqibi kanadalik Vaytt Sanford bo‘ladi.  Yarim final yo‘llanmasi tikilgan ushbu jang 1 avgust kuni o‘tkaziladi.

Bizga Husanov kerak! Legionerimiz faoliyatida yaxshi o‘zgarish bo‘ladi

Yangi legionerimizdan nimalar kutishyapti?

Evropaliklarga Abduqodir Husanovning o‘yini yoqyapti

Fayzullaevning vazifasi aytildi

Ispanlar O‘zbekiston muammo tug‘idirishini kutmagandi, Misr bilan o‘yin esa...

Fayzullaev xorijdan yaxshi takliflar oladi, agar...

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!