Chempion fubolchiga hozirdan ish topildi
“Bavariya” klubi tarkibida bir necha bor Germaniya chempionligiga sazovor bo‘lgan tajribali yarim himoyachi Leon Goretska joriy mavsum tugagach, erkin agent maqomida Myunxenni tark etadi.
30 yoshli futbolchi klub bilan yangi bitim tuzmasligi va jamoadan ketishi haqida yaqinda ma'lum bo‘ldi.
Jurnalist Nikolo Skira ma'lumotiga ko‘ra, ayni paytda nemis yarim himoyachisiga Yevropaning top-chempionatlaridan uch klub ish taklif qilyapti. Goretska yozda A Seriya vakili “Milan”, La Ligadan “Atletiko Madrid” yoki Angliya Premyer-ligasining qudratli klublari qatoriga kiruvchi “Tottenxem”ni tanlashi mumkin.
Leon Goretska 2018 yil yozidan beri “Bavariya” sharafini himoya qilib keladi. U Myunxen jamoasi safida barcha musobaqalarda 292 o‘yinda 47 ta gol va 48 ta golli uzatmaga mualliflik qilgan.
Fikrlar