Chempion jamoa bosh murabbiyni ishdan haydamoqchi

  • 27 sentabr, 2023, 09:30
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Italiyaning amaldagi chempioni “Napoli” yangi bosh murabbiy qidiryapti. Neapolliklarni chempionlikka olib kelgan murabbiy Luchano Spaletti Italiya milliy terma jamoasini qabul qilib olganidan keyin uning o‘rnini Rudi Garsiya egallagan edi.

Tecno

Gazzetta dello Sport nashrining ma’lum qilishicha, frantsiyalik bosh murabbiy jamoasi qayd etayotgan natijalar klub rahbariyatini qoniqtirmayapti.  

“Napoli” mutasaddilari hozircha ikki nafar mutaxassisni ko‘zlamoqda. Agar Rudi Garsiya iste’foga chiqarilsa, uning o‘rnini “Marsel”ning sobiq bosh murabbiyi Igor Tudor yoki PSJni Frantsiya chempioniga aylantirgan va hozir ishsiz yurgan Kristof Galte egallashi kutilmoqda.

Rudi Garsiyaning “Napoli” bilan shartnomasi 2025 yilning yozigacha tuzilgan. Biroq frantsuiyalik mutaxassis bu muddatgacha klubda ishlay olmasligi mumkin.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!