Chempion jamoa Sulsherdan futbolchi so‘radi

  • 18 iyul, 2021, 07:00
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Italiyaning amaldagi chempioni “Inter” himoyani mustahkamlash maqsadida “Manchester Yunayted”  asosiy tarkibiga kira olmayotgan braziliyalik Aleks Tellesni ijaraga olmoqchi.

Tecno

Ma’lumotlarga qaraganda, milanliklar manchesterliklar bilan aloqaga chiqib, futbolchi ijarasi bo‘yicha muzokaralarni boshlab yuborgan. Ular himoyachini bir yil muddatga ijaraga olmoqchi.

Telles 2015-2016 yilgi mavsumda “Inter”da to‘p tepgan va shu bois, yana Italiya chempionatiga qaytishga rozi.

Yakunlangan mavsumda ichki raqobatda Lyuk Shouga yutqazib qo‘ygan Telles premer-ligada atigi to‘qqiz marta maydonga tushdi va ikkita golli pas oshirdi xolos.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!