Chempion jamoaga qo‘shilgan legionerimizni maqtashyapti

  • 9 fevral, 2024, 17:09
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
BEPUL PROPAN

Qozog‘istonning amaldagi chempioni – “Ordabasi” tarkibida jiddiy o‘zgarishlar davom etmoqda. Chimkentliklar safini bir necha etakchi o‘yinchilar tark etganiga qaramay, jamoa yangi ijrochilarni tarkibga qo‘shib olmoqda.

Jumladan, o‘tgan mavsumda “Ordabasi” chempionligiga katta hissa qo‘shgan va chempionatning barcha uchrashuvlarida qatnashib, raqiblar darvozasiga ettita to‘p kiritgan Bobur Abduxoliqov faoliyatini “Nasaf”da davom ettiradigan bo‘ldi.

ordabasy-maktaaral

Tajribali to‘purar o‘rnini O‘zbekiston milliy terma jamoasiga nomzod boshqa futbolchi – Jasur Yaxshiboev to‘ldirdi. “Ordabasi” bu transferni rasman e’lon qildi.

Qozog‘iston futboli mutaxassislar o‘zbek legionerining transferi haqida o‘z fikr-mulohazalarini bildirmoqda.

Evgeniy Averchenko Qozog‘iston terma jamoasi sobiq futbolchisi:

Jasur Yaxshiboev “Ordabasi” uchun juda yaxshi transfer. U katta tajribaga ega sifatli futbolchi. “Legiya”da o‘ynagan, Evropa kuboklarida qatnashish malakasi bor, “Real”ga gol urgan.

zhosur-yashiboev-sherif

Yaxshiboev saviyasi Qozog‘iston Premer-ligasinikiga yaqin bo‘lgan Moldova, Belarus, O‘zbekiston chempionatlarida to‘p tepgan. Bu futbolchi Qozog‘iston chempionatiga hech qanday muammosiz kirishib ketadi.

Pavel Evteev, Qozog‘iston terma jamoasi sobiq futbolchisi:

“Ordabasi” ayni paytda hujum chizig‘ini kuchaytirishga alohida e’tibor qaratmoqda. Jasur Yaxshiboevning qo‘lga kiritilgani yaxshi transfer. Bu futbolchi Evropaning kuchli chempionatida “Legiya” sharafini himoya qilgan uning tajribasini ko‘rsatib turibdi.

Jasur Evrokuboklarda ishtirok etgan. Bu o‘yinchining yuqori malakasi ko‘rinib turibdi. Chap qanotda ham, o‘ng tarafda ham o‘ynay oladi. O‘zbekiston milliy terma jamoasi o‘yinchisi hisoblanadi. Bu terma jamoa Osiyo kubogida yaxshi qatnashdi.

Jasur Yaxshiboev “Paxtakor” tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. Faoliyati davomida AGMK, “Energetik-BGU”, “Shaxtyor Soligorsk”, “Legiya”, “Sherif” va “Navbahor” jamoalarida to‘p tepgan. Belarus, Polsha va Moldova chempioni.

Bir necha pozitsiyada o‘ynay oldagan iste’dodli futbolchi Evropa Chempionlar ligasi va Evropa Ligasi kabi nufuzli turnirlarning guruh bosqichlarida qatnashgan. “Santyago Bernabeu” arenasida “Real” darvozasini ishg‘ol qilish orqali “Sherif”ning 2:1 hisobidagi tarixiy g‘alabasini ta’minlagan. Yaxshiboev “Real” darvozasini ishg‘ol qilgan birinchi o‘zbek futbolchisi hisoblanadi.

Jasur Yaxshiboev O‘zbekiston milliy terma jamoasida hozirgacha o‘n marotaba o‘yin o‘tkazib, o‘z hisobiga bir juft gol yozdirib qo‘ygan.

ecdd2148311eca852c927ef034844

Endi u “Ordabasi”da qadrdon do‘sti Shahboz Umarov bilan birga to‘p tepadi. Shahboz Umarov ham bir yarim yildan beri Chimkent jamoasida to‘p tepmoqda. O‘tgan mavsumda bu legionerimiz ham jamoaning muvaffaqiyatiga munosib hissa qo‘shdi.

“Navbahor”da ishlagan murabbiy Fayzullaevni “Bavariya”ga o‘tkazish yo‘lini aytdi

Evropalik agent: “Bavariya”ning Fayzullaevga qiziqishi bejiz emas...

Osiyo kubogi futbolchilarimizga yangi jamoalarga yo‘l ochdi

Fayzullaevdan zo‘r futbolchilarimiz bor!

Fayzullaevning Evropada o‘ynash imkoniyati bormi?

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!