“Navbahor”da ishlagan murabbiy Fayzullaevni “Bavariya”ga o‘tkazish yo‘lini aytdi

  • 10 fevral, 2024, 09:01
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 3
  • Futbol
CHERY AUTO

Qatardagi Osiyo kubogi O‘zbekiston milliy terma jamoasining bir necha futbolchilariga yangi jamoalar eshigini ochib berdi.

Tecno

Biroq barchaning e’tiborida Abbosbek Fayzullaev masalasi turibdi. Eldor Shomurodov terma jamoamizga yordam bera olmagach, etakchilik vazifasini 20 yoshli Abbosbek o‘z zimmasiga oldi. Qit’a chempionatidan nufuzli musobaqada bu mas’uliyatni o‘ziga olish har kimning ham qo‘lidan kelavermaydi.

IMG_1185

Futbol jamoatchiligi Fayzullaevning Evropa “top-5” ligalarida o‘ynay olish salohiyatini  muhokama qilmoqda. Ayniqsa, 20 yoshli hujumkor futbolchini “Bavariya” kuzatayotgani haqidagi xabar ancha shov-shuvlarga sabab bo‘ldi.

O‘zbek futboli bilan yaxshi tanish bo‘lgan Andrey Kanchelskis legionerimizning Myunxen superklubiga transfer qilish uchun nimalarni amalga oshirish lozimligini aytib berdi.

Agar “Bavariya”dan Abbosbek Fayzullaev bo‘yicha rasmiy taklif tushadigan bo‘lsa, bu transfer haqida alohida gaplashish mumkin bo‘ladi. Ko‘pincha bizda muhokama uchun ham bunaqa xabarlar tarqatib turiladi.

Albatta, agar rasmiy chorlov kelib tushsa, Fayzullaevni qo‘yib yuborish kerak. Unga kuchli ligalarda o‘ynab ko‘rish imkonini berish lozim. Lekin buni TsSKA rahbariyati hal qiladi.

– Osiyo kubogida Abbosbek Fayzullaev yaxshi o‘ynadi. Vaqti kelib, Rossiya Premer-ligasida o‘sishdan to‘xtab qolmaydimi?

– Ha, biz Osiyo kubogini tomosha qildik. Rossiya Premer-ligasigasiga kelsak, saviya yuqori emasligi va tushib borayotgani ko‘rinib turibdi. Buni ayrimlar anglab etgani yo‘q.

Agar taklif bo‘lsa, Abbosning yanada o‘sishiga qo‘yib berish kerak. Balki TsSKA va “Bavariya” o‘rtasida xayriya uchrashuvlarini tashkil qilish lozimdir. Ana shunday ikkita uchrashuvni o‘tkazish orqali pul jamg‘arish imkoni bor. Agar transfer amalga oshib qolsa, pul ham ishlab olsa bo‘ladi.

Agar futbolchi “Bavariya”ga o‘tadigan bo‘lsa, bir umr TsSKAdan minnatdor bo‘ladi, men bunga aminman, - dedi Andrey Kanchelskis.

Andrey Kanchelskis futbolchi sifatida Evropaning qator ligalarida muvaffaqiyatli to‘p tepgani bilan mashhur.

O‘z davrida bu yarim himoyachi Angliyaning “Manchester Yunayted”, “Sautgempton”, “Manchester Siti”, “Everton”, Shotlandiyaning “Glazgo Reynjers”, Italiyaning “Fiorentina” kabi jamoalarida o‘ynagan.

Kanselskis ikki martadan Angliya va Shotlandiya chempioni, Evropa Superkubogi g‘olibi va bir qator nufuzli sovrinlar sohibi bo‘lgan.

 

image_30

Bosh murabbiy sifatida ikki marta “Navbahor” jamoasda ishlagani uchun Andrey Kanchelskis o‘zbek futboli bilan yaxshi tanish.

Evropalik agent: “Bavariya”ning Fayzullaevga qiziqishi bejiz emas...

Osiyo kubogi futbolchilarimizga yangi jamoalarga yo‘l ochdi

Fayzullaevdan zo‘r futbolchilarimiz bor!

Fayzullaevning Evropada o‘ynash imkoniyati bormi?

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Ulugbek Ruziqulov
10/02/2024 11:28
Зайбал блин бошка макола топалмай факат Аббос хакида охири кутларингга тикмасалиринг булди жонга тегди спорт уз
Rasul M
09/02/2024 22:35
Agar Fayzullayev Bavariya otib yoqolib ketsa bu Pistirmada turib intervyu beradiganlar chiqib men bilardim uni Bavariyada oyin amaliyotisiz qolishini diyishadi agar mobodo otib porlab ketsa yana shular chiqib men aytivdimku u albatta otishi kerak deb. İntervyumda deyoshadi har ikki variantdaham bular suvdan quruq chiqishadi shuning uchun hashoratlarning intervyulariga etibor bermasdan Abbosjon oylab ish qilgani maqul
Эргашев Файзулло
09/02/2024 07:45
Бу йук гап хаммаси ёлгон Бавария олмайди