
Chempionlar ligasi finali AQShda o‘tkazilishi mumkin
Evropa futbol assotsiatsiyalari ittifoqi (UEFA) Chempionlar ligasi finalini Amerika Qo‘shma Shtatlarida o‘tkazmoqchi, deb xabar bermoqda AS.
Manbaga ko‘ra, AQSh televidenie va tijorat bozorining ta’siri katta. Shuning uchun yirik futbol musobaqalari tashkilotchilari turnirni Amerikada o‘tkazishga intilishadi. Har yili shtatlarda tobora ko‘proq nufuzli o‘yinlar va turnirlar o‘tkazilmoqda.
Yaqinda UEFA AQShda Chempionlar ligasini ko‘rsatish huquqini CBS, Viacom va Paramount kompaniyalariga 6 yilga 1,5 milliard evroga sotdi. Qonun 2024 yilda kuchga kiradi.
Chempionlar ligasi finali har doim Evropada bo‘lib kelgan. Turnirning amaldagi chempioni “Real” hisoblanadi.
Fikrlar