
Chempionlar ligasi g‘olibi oyiga 1 evro uchun o‘ynaydi
Taniqli futbolchi Ivan Perishich ijara asosida “Tottenxem”dan Xorvatiyaning “Xayduk” jamoasiga ko‘chib o‘tdi.
Index nashrining xabar berishicha, 34 yoshli futbolchining qadrdon klubidagi maoshi ramziy ahamiyatga ega va oyiga atigi bir evroni tashkil qiladi.
Perishich London klubi safida jami oltita o‘yin o‘tkazib, ikkita golli pas uzatgan. Tajribali futbolchi og‘ir jarohat olgani tufayli mavsumning olgan qismini ham o‘tkazib yuborishi aytilmoqda.
Ivan yozda erkin agentga aylanadi va to‘liq “Xayduk” safiga ko‘chib o‘tadi.
Ivan Perishich faoliyati davomida Frantsiya, Belgiya, Germaniya, Italiya va Angliya chempionatlarida to‘p tepgan. “Bavariya”da tarkibida Evropa Chempionlar ligasi, Bundesliga chempioni bo‘ldi. Shuningdek, “Inter” o‘yinchisi sifatida Skudettoni qo‘lga kiritdi.
2006 yili “Xayduk”ni tark etgan Perishich 18 yillik tanaffusdan keyin yana Xorvatiya chempionatida ishtirok etadi.
Fikrlar